Toshkent viloyatida besh erkak yigitni ayovsiz kaltakladi — video
Aybdorlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

11-sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi sanoat korxonasida 5 nafar erkak 18 yoshli yigitni kaltakladi, deb xabar bermoqda Millar.
Hodisa soat 17:00 larda Zangiota tumanidagi sanoat korxonalaridan birida sodir bo‘lgan. Zavod xodimi va yuk tashuvchilar o‘rtasida janjal kelib chiqib, mushtlashuvga aylandi. Kadrlarda besh nafar erkak yigitni tanasi va yuziga tepganini ko‘rish mumkin.
Jabrlanuvchi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 18 yoshdan 46 yoshgacha bo‘lgan gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Tergov boshlandi. Aybdorlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada pensioner xotinini ayovsiz kaltaklagandi. Ayol olgan jarohatlari tufayli mustaqil ravishda yordam so‘rab murojaat qila olmagan, unga qizlari yordam berishgan.
Izohlar