Hodisa

Toshkent metrosida yo‘lovchilar bekatlar orasida qolib ketdi — video

Tarkiblar deyarli 15 daqiqa davomida harakatlanmagan.

5-dekabr kuni Toshkent metrosida yo‘lovchilar bekatlar oralig‘ida qolib ketgan. Bu haqda guvohlar NOVA24 botiga xabar yuborishdi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea taxminan 11:57 da sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilari bo‘lgan poyezd “Paxtakor” va “G‘afur G‘ulom” bekatlari oralig‘ida qolib ketgan. Qayd etilishicha, tarkib qariyb 15 daqiqa harakatlanmagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgan va shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lgan.

“G‘afuri G‘ulom” va “Alisher Navoiy” bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan 39-sonli yo‘lovchi poyezdida soat 11:55 da texnik nosozliklar qayd etilgan. Shu sababli poyezd 6 daqiqa to‘xtab qoldi. Texnik xizmat ko‘rsatish uchun poyezd to‘xtatildi va texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda metrodagi tirbandlikdan shikoyat qilingandi. Metropoliten qatnovlar oralig‘ini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi. Bundan tashqari, idora yo‘lovchilardan metrodan foydalanish qoidalariga rioya qilishni so‘ragan.

Avvalroq Toshkentdan yangi aeroportga yarim soatda yetib borish mumkinligi haqida xabar berilgandi. Rasmiylar yangi metro liniyasini yotqizishmoqchi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная