Hodisa

Tataristonda dahshatli YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Zarba shunchalik kuchli bo‘lganidan mashina deformatsiyalanib, metall massaga aylandi.

5-sentyabr kuni Tataristonda dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, unda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat prokuraturasi matbuot xizmati.

Voqea Zainskiy tumanida Naberejnie Chelni—Almetevsk trassasining 38-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia avtomobili noma’lum sabablarga ko‘ra qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, prokuratura jarayonni o‘z nazoratiga olgan.

Zarba shunchalik kuchli ediki, yengil mashina deformatsiyalanib, metall massaga aylandi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan, — deyiladi xabarda.

Kun.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi uch nafar fuqaroning o‘limini tasdiqlagan. Diplomatik vakolatxona bayonotida qayd etilishicha: “Vaziyat nazoratga olindi. Kerakli muolajalar bajarilgach, jasadlar Migratsiya agentligi hisobidan O‘zbekistonga yuboriladi”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda YTH joylarini 3D modellashtirish xizmati paydo bo‘lishi mumkin. Yangi turdagi ekspertizalarda inson omili ta’sirini istisno etadigan raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalaniladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная