13-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Tailandning Pxuket orolida cho‘kib ketgan kater va uning bortida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot tarqaldi. TIV hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 11-yanvar kuni halokatga uchragan katerda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning ikki nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlar to‘liq sog‘ayib, belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarildi.

Jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari qayiq egasi bo‘lgan kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplangan. O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquq-tartibot idoralari va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Tailandda o‘zbekistonlik voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Erkak kurort restoranlaridan birining hojatxonasida qizga hujum qilgan.