Hodisa

Tailandda noqonuniy tibbiy faoliyat bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi

Ayol litsenziya olmasdan kosmetologik xizmat ko‘rsatgan.

Tailandda noqonuniy tibbiy faoliyat bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi

17-iyun kuni Tailandda O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy tibbiy faoliyati uchun hibsga olindi, deb xabar berdi Thaich.

Voqea Pxuket shahrining Chalong tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, ayol kosmetologiya klinikasida tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy tibbiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Ma’lum bo‘lishicha, klinikada inyeksiya muolajalari o‘tkazilishiga qaramasdan, u litsenziyasiz faoliyat yuritgan.

Voqea joyida 13 dan ortiq tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, shprislar musodara qilindi. Ayolga nisbatan quyidagi moddalar bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan:

  • tibbiy faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish;
  • tibbiy asbob-uskunalarni qonunga xilof ravishda olib kirish;
  • chet elliklarga taalluqli mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish.

Eslatib o‘tamiz, Tailandda o‘zbekistonlik yetti nafar qiz fohishalikda ayblanib qo‘lga olingandi. Ularning ba’zilarida talabalik vizasi bo‘lgan, boshqalari mamlakatda bo‘lish muddatini buzgan.

Izohlar

Mavzuga oid