Surxondaryoda xotinini bolasi bilan shiyponga qamab, och qoldirgan Ashur Shamsiyevga sud hukmi o‘qildi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Erkak Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi:

  • 126-1 (Oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik);
  • 127 (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);
  • 135-modda orqali 25-modda (Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish);
  • 138 (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish).

Ishning yana uch nafar ayblanuvchisi Jinoyat kodeksining moddalari bilan sudlangan:

  • 104 (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish);
  • 127 (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);
  • 135-modda orqali 25-modda (Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish);
  • 138 (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish).

Shamsiyevni 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish, ikki ishtirokchini 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish, ishning boshqa figurantini 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilishdi.

Avvalroq Surxondaryoning Uzun tumanida ayol bolasi bilan molxonada ushlab turilgani haqida xabar berilgandi. Erkak va uning qarindoshlari bir necha oy davomida ona va chaqaloqni antisanitariya sharoitida zo‘rlab ushlab turishgan. Jurnalistlar voqea joyida bo‘lib, voqea tafsilotlarini aniqladilar.