Surxondaryoda qimorxona tashkil qilgan pensioner qamaldi
Sudda erkak o‘z aybini to‘liq tan oldi.

Surxondaryoda o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan mahalliy fuqaroga hukm o‘qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. “Hurriyat” mahallasida yashovchi 68 yoshli fuqaro o‘z uyida barcha sharoitlarni yaratib, tanishi va hamrohiga bir xonani ajratib bergan.
Sudda erkak o‘z aybini to‘liq tan oldi. Sud uni Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash) bilan aybdor deb topib, bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik ayol fohishaxona tashkil etish va intim xizmatlar ko‘rsatishda gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi. Bitta tashrifning narxi uch ming rubl atrofida bo‘lgan.
Izohlar