Samarqandda elektroskuterlar do‘koni yonib ketdi — video
Yong‘inni o‘chirish uchun to‘rtta yong‘in-qutqaruv otryadi yetib keldi.

25-iyun kuni Samarqandda shinalar va elektroskuterlar do‘koni yonib ketdi, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Spitamen prospektida sodir bo‘lgan. Skuterlar do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVVga soat 15:05 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da yetib borgan. Soat 15:21 da yong‘in qurshab olingan va soat 15:46 da batamom o‘chirilgan.
Hozirda hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Toshkentda mebel sexi yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in bir necha soat davomida o‘chirilgan, hodisa sababi va yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniqlanmagan.
Izohlar