Samarqandda Damas va Onix haydovchilari halokatli YTHga uchradi — video
Haydovchilardan biri yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, bu esa avariyaga sabab bo‘lgan.

Samarqandda 15-noyabr kuni Damas va Onix avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa soat 14:05 atrofida Al-Xorazmiy mahallasining Nodirabegim va Cho‘lpon ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Damas-2 haydovchisi chapga burilib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Onix avtomobiliga yo‘l bermasdan, qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda Damas-2 avtomobilining ikki nafar yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘lovchilardan biri ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda maktab o‘quvchisi do‘sti bilan Damas ruliga o‘tirib, YTHga uchragandi. Kichik haydovchi mashinada tezlikni oshirgan, yo‘lda bolalarni ko‘rib qolib, qo‘rqqanidan boshqaruvni yo‘qotgan.
Izohlar