Samarqandda bir guruh odamlar do‘kon sotuvchisini kaltakladi — video
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda sotuvchining olomon tomonidan kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Kun.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 22-sentyabr kuni soat 18:30 larda Urgut tumani “Mergancha” MFYdagi savdo do‘konlaridan birida sodir bo‘lgan. 32 yoshli erkak uch nafar tanishi bilan kelib, peshtaxta ortida turgan 29 yoshli sotuvchini do‘pposlagan. Bunga uning akasi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkentda BYD haydovchisi va uning otasi yo‘lni bo‘lishmay, Gentra haydovchisini kaltakladi. Mojaro oqibatida homilador yo‘lovchi farzandini yo‘qotgan.
Izohlar