Qozog‘istonda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun o‘zbekistonlikka umrbod qamoq jazosi tayinlandi
Sudda erkak aybini tan olmadi.

Qozog‘istonda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deb yozadi Otyrar.
Hodisa Turkiston viloyatining Keles tumanida sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi 2024-yil o‘rtalarida Qozog‘istonga qurilish ishlarini olib borish uchun kelgan. Keles tumanida esa qo‘shni xonadonda yashovchi 2011-yilda tug‘ilgan qizning nochor ahvolidan foydalanib, uni bir necha bor zo‘rlagan.
Sudda erkak aybini tan olmadi. Prokuror unga umrbod qamoq jazosi berishni talab qildi, bu esa sudni to‘liq qanoatlantirdi. U Qozog‘istonning 120-moddasi 4-qismi (Bir necha marta zo‘rlash) bo‘yicha aybdor deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab, zo‘rlagandi. Erkak 16 yilga qamaldi va 300 ming rubl tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgan.
Izohlar