Qidiruvdagi firibgarlar Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi
Qo‘lga olinganlar qo‘lidan jabr ko‘rgan fuqarolardan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilish so‘ralgan.

Turkiyada firibgarlikda ayblanayotgan uch nafar o‘zbekistonlik vatanga deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati.
Ikki davlat IIV xodimlari Buxoro viloyatidan G‘anijon Arabov, Samarqand viloyatidan Shohista Boboysupova, Navoiy viloyatidan Gulzoda Muqimova kabi firibgarlarni qo‘lga oldi. TIV firibgarlik holatlari bo‘yicha shikoyatlar soni ortib borayotganini qayd etib, jabrlangan hamyurtlarini huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga chaqirdi.
Ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tuzilmalariga, shuningdek, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Xorijda, shu jumladan Turkiyada yashiringan har bir shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, DXX fuqarolarga Xorvatiyada ishlashni va’da qilgan firibgarlarni qo‘lga olgan edi. Jinoyatchilardan biri firibgarlik uchun ilgari sudlangan bo‘lib chiqqan.
Izohlar