Hodisa

Odam savdosida gumonlangan ayollar Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Jinoyatchilardan jabrlanganlardan Bosh konsulxonaga murojaat qilish so‘ralgan.

Turkiyadan odam savdosida gumonlangan ikki ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ayollar xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Qo‘lga olinganlar Samarqand viloyatida tug‘ilgan 63 yoshli ayol va Namangan viloyatida yashovchi 38 yoshli ayol bo‘lgan. Gumonlanuvchilar qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun O‘zbekistonga olib kelingan.

Gumon qilinayotgan jinoiy guruhning xatti-harakatlaridan jabrlanganlardan ko‘rsatma berish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga yoki bevosita Istanbuldagi diplomatik vakolatxonaga murojaat qilishlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная