O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari soni keskin oshdi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamovaga senator so‘rovi yuborildi.

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Malika Qodirxonova xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ortib borayotgani munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamovaga so‘rov yubordi.
O‘zbekistonda olti oyda ayollarga nisbatan 48,3 mingta tazyiq va zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan, bu 2024-yilga nisbatan 121 foizga ko‘pdir. Bu kuniga o‘rtacha 265 ga yaqin hodisadir. Eng ko‘p holatlar Toshkent viloyatida — 9,4 ming, Buxoroda — 5,6 ming, Qashqadaryoda — 5,2 ming va Andijonda — 4,8 ming holatda qayd etilgan.
Shu davrda 930 nafar xotin-qizlar takroran himoya orderi olishdi. Shu munosabat bilan Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Malika Qodirxonova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamovaga so‘rov yubordi.
Senator zo‘ravonlik sabablarini aniqlash, bunday holatlarning oldini olish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mahallalarda xotin-qizlarga nisbatan tajovuzga mutlaqo toqatsizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini tushuntirishni talab qilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda tazyiq va oilaviy zo‘ravonlik uchun minglab odamlar jazolangani haqida xabar berilgan edi. Qoidabuzarlarning ba’zilari jarima bilan qutulib qolishdi.
Izohlar