Namanganda yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, do‘konga kirib ketdi
Jabrlanganlar yo‘q.

Namangan viloyatida HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, do‘konga kirib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB axborot xizmati.
Hodisa 23 iyul kuni soat 18:00 da “Chust-Qoraqo‘rg‘on” yo‘lida sodir bo‘lgan. HOWO yuk mashinasi haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlamagan va Chust tumani “Yangichak” mahallasi markazida joylashgan do‘konga kirib ketgan. YTH oqibatida yuk avtomobili va do‘konga moddiy zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.
“Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Haydovchilardan transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanishi bilan bog‘liq xavfli vaziyatlarning oldini olish maqsadida belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada Nexia-3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, halokatli YTHga uchragandi. Hodisa oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan, yana bir fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
Izohlar