Hodisa

Namanganda gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, bir kishi halok bo‘ldi — video

Bunga yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

Namangan viloyatida 25-oktyabr kuni gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Voqea Chust tumani Birlik mahallasida sodir bo‘lgan. Soat 18:47 da 112 tizimiga yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Shu bilan birga, yong‘in sodir bo‘lmagani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, 10 tonna sig‘imli yoqilg‘i rezervuari ko‘chirilganda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilib, portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda payvandlash ishlari bilan shug‘ullangan ishchi halok bo‘lgan. Hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kishdagi texnologik nosozlik sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная