Maktab direktori ishdan bo‘shatilgani uchun o‘ziga o‘t qo‘yish bilan tahdid qildi — video
Ayol o‘quv muassasasi binosi oldida janjal ko‘targan.

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 39-maktabning sobiq direktori ishdan bo‘shatilishiga rozi bo‘lmagani uchun o‘ziga benzin quyib, yoqib yuborish bilan tahdid qildi.
Maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, ayol 15 yil direktor lavozimida ishlagan, so‘ngra u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga (Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish) asosan bekor qilingan.
Shundan so‘ng sobiq direktor yangi rahbarning ish boshlashiga to‘sqinlik qilgan, video yangi direktor bilan shartnoma tuzilgan kuni olingan. Ayolni tinchlantirishga muvaffaq bo‘lindi, jabrlanuvchilar yo‘q. Baribir yangi direktor tayinlandi, o‘quv jarayoni barqaror tarzda davom etmoqda.
Izohlar