FVB xodimlari Sirdaryo kanalidan erkak kishining jasadini topdi
Ish bo‘yicha tergov boshlandi.

21-iyun kuni Sirdaryo viloyatida FVB xodimlari tomonidan suv kanalidan erkak kishining jasadi topildi, deb xabar bermoqda viloyat FVB axborot xizmati.
Hodisa soat 11:46 da Sayxunobod tumanida sodir bo‘lgan. “Baxmalsoy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanaldagi suv yuzasida jasad ko‘zga tashlangan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar zudlik bilan 1966-yilda tug‘ilgan erkakning jasadini suvdan olib chiqishgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida 16 yoshli maktab o‘quvchisi cho‘kib ketgandi. Yigit mahalliy kanalga cho‘milishga ketgan va qaytib kelmagan, jasad bir necha kundan keyin topilgan.
Izohlar