Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchilar kechayu kunduz navbatchilik qilishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MMTB vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Buvayda tumanidagi 37-maktabda sodir bo‘lgan. Maktab direktori buyruqqa imzo chekkan, unga ko‘ra o‘qituvchilar “maktab hududida tartib va osoyishtalikni saqlash, muassasa jamoasi va o‘qituvchilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlash maqsadida” 25-dekabrdan 6-yanvargacha (13 kun) kechayu kunduz navbatchilikka majburiy jalb qilingan.

Mazkur holat viloyat MMTB rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi. Vaziyatni o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi,» deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2030-yilga borib o‘qituvchi va tarbiyachilarning ish haqini ikki baravar oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, hukumat pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchilar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.