Farg‘ona viloyatida yangi yil kechasida qo‘lbola mushakbozlik qilgan ustalar topildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona IIB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 10-15 kishi qo‘lbola pirotexnikadan foydalangan. Ushbu fakt bo‘yicha shoshilinch tergov o‘tkazildi.
O‘zbekiston tumani huquq-tartibot idoralari xodimlari huquqbuzarlarning shaxsini aniqlab, ularni topdi. Ularga nisbatan 183-modda (Mayda bezorilik) va 185-1-modda (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan bayonnomalar tuzildi. Ular ma’muriy javobgarlikka tortildi.





























