Hodisa

Farg‘onada Lacetti haydovchisi janjal oqibatida tanishini bosib o‘ldirdi — video

Prokuratura tergov olib bormoqda.

Farg‘onada Lacetti haydovchisi urib yuborgan piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa 10-iyul kuni “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, fuqaro F.Z. tanishi M.A. bilan o‘zaro janjallashib, janjal oqibatida uni o‘zining Lacetti rusumli avtomashinasida qasddan urib yuborib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yo‘lda ketayotgan har uch kishidan biri katta tezlikda mashina zarbidan yiqilib tushganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng haydovchi mashinadan tushib, jabrlanuvchiga yaqinlashmoqchi bo‘lgan, biroq guvohlar uni to‘xtatgan.

IIV xabariga ko‘ra, F.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U qo‘lga olindi.

Keyinroq Bosh prokuratura holatlar o‘rganilgach, ayblanuvchining harakatlari Jinoyat kodeksining 97-moddasiga (qasddan odam o‘ldirish) qayta malakalanganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная