Hodisa

Farg‘onada haydovchi maktab yonidagi piyodalar o‘tish joyida uch nafar o‘quvchini urib yubordi

Bolalar jarohat olgan, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘ona viloyatida 16-oktyabr kuni yengil avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyida uch nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Voqea soat 12:30 larda Marg‘ilon shahrining Marg‘iloniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1998-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia’ni boshqarib, 33-maktab qarshisidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan uch nafar o‘quvchini urib yuborgan.

YTH oqibatida uch nafar maktab o‘quvchisi jarohat olgan, ulardan biri kasalxonaga yotqizilgan, yana ikki nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.

Avvalroq hukumat 2025-yil oxirigacha maktablar yaqinida harakat xavfsizligini kuchaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. 2025-yilning uch oyi davomida O‘zbekistonda bolalar ishtirokida yoki maktablar yaqinida birorta ham YTH qayd etilmagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная