Hodisa

Farg‘onada gaz quyish shoxobchasi milliardlab so‘mlik gazni talon-toroj qildi

To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Фото: Ситуативное

Farg‘ona viloyatida qariyb 10 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.

Voqea So‘x tumanida sodir bo‘lgan. Mutaxassislar mahalliy korxonaga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasida gaz o‘lchash uskunasi ishiga aralashganini aniqladi. Yetkazilgan zarar 9 mlrd 757 mln so‘mni tashkil etgan. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Avvalroq avtomobilga gaz o‘rnatishda texnik pasportni o‘zgartirish shart bo‘lmasligi haqida xabar berilgandi. Xizmatni onlayn rasmiylashtirish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, chora 2025-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi. Qayd etilishicha, endilikda transportda gaz ballonlarini qayta jihozlash bo‘yicha barcha ma’lumotlarni saqlash va almashish onlayn tarzda tashkil etiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная