Ekologiya vazirligi Toshkentda daraxtlar katta miqdorda kesilgan joyda tekshiruv o‘tkazdi
Poytaxt hokimligi yo‘q qilingan o‘simliklar o‘rniga o‘n minglab yangi o‘simliklar ekilishini ma’lum qildi.

Ekologiya vazirligi Toshkentda yuzdan ortiq daraxt kesilishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi.
O‘rganish davomida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab, avtomobil yo‘li bo‘ylab jami 174 tup daraxt va butalar kesib tashlangani aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 460 mln 952 ming so‘mni tashkil etgan.
Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni o‘z nazoratiga oldi va atrof-muhitga zarar yetkazgan mas’ul shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘rilishi ma’lum qilinadi. Shuningdek, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektorlar tomonidan to‘plangan barcha materiallar chora ko‘rish uchun prokuraturaga yuborilgan. Bundan tashqari, hokimlik kesilgan daraxtlar o‘rniga 62,1 ming tup buta va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Bobur ko‘chasini obodonlashtirish paytida 145 ta daraxt noqonuniy kesilgan, ammo ko‘chirib o‘tkazish rejalashtirilgandi. Poytaxt hokimligi archalarning bir qismi kasallanganini, mas’ullarning beparvoligi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.
Izohlar