Chirchiqda xaridorni urib o‘ldirgan do‘kon egasiga hukm o‘qildi
Qamoq jazosidan tashqari, unga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatildi.

Toshkent viloyatida xaridorni urib o‘ldirgan alkogol do‘koni egasiga hukm o‘qildi, deyiladi sud qarorida.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 277-moddasi (bezorilik) bilan aybdor deb topdi. Unga qamoq jazosidan tashqari yetkazilgan zarar uchun 1,6 mln so‘m to‘lash majburiyati yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, holat 5-mart kuni soat 19:00 atrofida spirtli ichimliklar do‘koni yonida sodir bo‘lgan. Savdo nuqtasi egasi do‘konni yopayotganda, jabrlanuvchi unga yaqinlashib, ichimlik sotishni so‘radi. Do‘kon egasi unga ishini tugatganini va uyiga ketayotganini aytgan, biroq erkak o‘z so‘zida turib olgan, shu sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda erkak ko‘chada ayolni himoya qilishga urinib, mushtlashuvda jarohat olgani aytilgan. Toshkent viloyati IIBB mazkur jinoyat ishi bo‘yicha hozirda tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi, shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan voqealarga bir tomonlama baho bermaslik va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raldi.
Izohlar