Hodisa

Bloger bolalarni “pichoqbozlik”ka undadi

Ayol jarimaga tortildi, oila esa alohida nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chechenistonlik blogerning o‘g‘il bolalarni «pichoqbozlik»ka undagan videosi tarqaldi. Bolalar ombudsmani vaziyatga izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 iyul kuni 32 yoshli fuqaro Toshkent viloyatida oilasi bilan dam olayotgan vaqtida voyaga yetmagan o‘g‘li va jiyanini hazillashib urishtirayotgani aks etgan lavhani videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Ushbu videolavhalar bilan Bolalar ombudsmani qiziqib, voqeani o‘rganib chiqqan va 14 iyul kuni Ichki ishlar vazirligiga huquqiy baho berish uchun so‘rov yuborgan.

15 iyul kuni ayol 47-modda (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qayd etilishicha, ushbu moddani buzganlik uchun BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (375 ming so‘mdan 1,9 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi. Hozirgi vaqtda oila hokimiyat organlarining alohida nazorati ostida.

Bolalar ombudsmani ota-onalarga farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini eslatib, tajovuzkor xatti-harakatlar va shafqatsizlikka undash nomaqbul ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq, Buxoroda «Qizil kitob»ga kiritilgan echkiemarga nosvoy bergan bloger qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z xatti-harakatidan so‘ng hayvonni qo‘yib yuborgan, huquq-tartibot idoralari esa unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная