Anorbank egasi Fransiyada pul undirish uchun kaltaklandi va o‘g‘irlab ketildi
Pulni qo‘lga kiritgach, o‘g‘rilar tadbirkorni qo‘yib yuborishgan.

23-iyun kuni Fransiyada o‘zbekistonlik bankir va Anorbank egasi Qahramon Olimovni 10 million dollar evaziga qo‘yib yuborish uchun kaltaklab, o‘g‘irlab ketishdi, deb yozadi Le Monde.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlikni Turkiya fuqarolari sodir etgan. Ulardan biri Qahramon Olimovning sobiq biznes sherigi bo‘lib, oxir-oqibat tadbirkor talab qilingan summaning bir qismini to‘lagandan so‘ng qo‘yib yuborilgan.
Qayd etilishicha, Qahramon Olimovning oldiga qimmatbaho buyumlar va taqinchoqlar taqqan go‘zal yosh qiz yuborilgan bo‘lib, u o‘zini Turkiyadagi go‘zallik salonida ishlaydigan Anastasiya deb tanishtirgan. Tadbirkor u bilan kechki ovqatga borishga rozi bo‘ldi, ammo chiroyli qiz bilan birga uchta baquvvat erkak uchrashuvga kelib, Olimovni sindirib, majburan mashinaga o‘tqazishdi.
Moliyachini Nitssa yaqinidagi villaning yerto‘lasiga olib ketishdi, u yerda kaltaklashdi, jazolash bilan tahdid qilishdi, keyin esa to‘lovni to‘lagandan so‘ng qo‘yib yuborishdi. Parijdagi Hôtel-Dieu shifoxonasi shifokorining so‘zlariga ko‘ra, Olimovda ko‘plab ko‘karishlar va jarohatlar qayd etilgan. Uning o‘zi uyqusizlik va doimiy hushyorlikdan shikoyat qilardi.
Biznesmenning shaxsiy kotibi “bu yoqimsiz edi, lekin hammasi ortda qoldi”, dedi. U Parijga fransuz hamkorlari bilan muzokaralar olib borish va ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha bitimni rasmiylashtirish uchun kelgan. Holat yuzasidan “Bir guruh shaxslar tomonidan qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bir nafar shaxs ushlangan. “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimida o‘g‘irlik holati tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab, zo‘rlagandi. Erkak 16 yilga qamaldi va 300 ming rubl tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgan.
Izohlar