Angrenda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan qiz Toshkentga davolanish uchun ko‘chiriladi
O‘smirga kompleks tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Angrendan jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan 15 yoshli qiz Toshkentga ko‘chiriladi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik tashabbusi bilan Angren shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi va vasiylik organlari ishtirokida kompleks tekshiruv o‘tkazilgan. Shuningdek, mutaxassislar jabrlanuvchining yaqinlari, shifokorlar va psixologlar bilan suhbatlashdi, shundan so‘ng vaziyat har tomonlama baholandi.
Bolaning ahvoli va mutaxassislarning tavsiyalarini inobatga olgan holda, agentlik jabrlanuvchini tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish uchun Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga o‘tkazishga qaror qildi. Xususan, uni davolash rejasini belgilash uchun yetakchi mutaxassislardan iborat konsilium tuzildi.
Qayd etilishicha, mazkur ish bo‘yicha tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan. Qayd etilishicha, yuqoridagi kabi holatlar aniqlanganda “Inson” hududiy markazlariga yoki agentlikning 1146 qisqa raqamiga murojaat qilish lozim.
Eslatib o‘tamiz, holat e’lon qilingach, zo‘ravonlik ishi bo‘yicha tergov IIV markaziy apparatiga o‘tkazilgan. Shuningdek, sobiq ombudsman Aliya Yanusova boshchiligidagi “Oila va bolalar” advokatlik byurosi ham ishga qo‘shilgan. Huquqshunoslar jabrlanuvchining huquqlarini himoya qilish uchun Angrenga yo‘l olishdi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Angren shahrida zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan qizaloqning holidan xabar olib, u bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazdi, bolaning fikri oshkor qilinmayapti, biroq boladagi mavjud kasalliklar surunkali ekanligi va jinoiy oqibat emasligi aytilmoqda.
23-iyul kuni Saodat Abduzakirova 15 yoshli qizga nisbatan to‘rt kishi tomonidan sodir etilgan mudhish jinoyat tafsilotlarini aytib berganidan so‘ng, bu voqea rezonansga sabab bo‘ldi.
Jamoatchilik faolining so‘zlariga ko‘ra, qizga nisbatan 2024-yil avgustdan oktyabrgacha zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgan, shundan so‘ng agar u kimgadir aytsa, tahdid qilingan. U 28 kg vazn bilan shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida yoriqlardan abssesslar boshlangani sababli pampersda bo‘lgan.
Faolning so‘zlariga ko‘ra, qizaloqqa ovqat berilmagan va jinsiy aloqa qilgani uchun ovqat va’da qilingan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan, ikkinchisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Erkaklarning ko‘rsatmasida aytilishicha, jabrlanuvchining o‘zi hamma narsaga rozi bo‘lgan.
Izohlar