Andijonda katta miqdordagi zargarlik buyumlarini noqonuniy muomalaga kiritishga urinishning oldi olindi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan dastlabki kuzatuvda bo‘lgan fuqaroga nisbatan boshqa shaxsdan jo‘natma kelgan vaqtda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Posilkani ochib, tartib posbonlari unda umumiy og‘irligi 1 kg 138 g bo‘lgan 175 ta oltin buyumlari bo‘lgan uchta o‘ramni topdilar.
Gumonlanuvchining yonida bojxona hujjatlari, shuningdek, mahsulotlarning haqiqiyligi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan. Qayd etilishicha, olib qo‘yilgan buyumlarning dastlabki qiymati 2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Andijonda oltin buyumlarni noqonuniy olib kirishga uringan 3 nafar ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Huquqbuzar ayollar 200 grammdan ortiq oltinni nozik joylarga yashirishgan.




















