Hodisa

Andijonda bir guruh erkaklar ikki kishini do‘pposladi — video

Hujum qilganlar bezorilik uchun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.

28-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir necha erkak ikki fuqaroni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyati IIB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kaltaklash 2025 yil 8 iyun kuni taxminan soat 04:30 larda Asaka tumanida sodir bo‘lgan. 24, 22 va 23 yoshli uch erkak ikki fuqaroni kaltaklagan. Hujumchilar 21 yoshli yigitga yengil, 28 yoshli erkakka esa o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uch nafar tartibbuzar qamoqqa olindi. 8-iyul kuni ish sudga yuborilgan va 27-avgust kuni sudlanuvchilarning har biriga 3-yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda noqonuniy diniy ta’lim beruvchilar qo‘lga olingandi. “Pedagoglar” mashg‘ulotlar paytida bolalarni ayovsiz kaltaklagan, ular va bolalarning ota-onalari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная