Hodisa

Andijon viloyatida kompaniya tabiatga 31 milliard so‘m zarar yetkazdi

Korxona tuproqni noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan.

Andijon viloyatida ekologik talablarni buzgan holda faoliyat yuritayotgan korxonalar aniqlandi Andijon viloyatida ekologik talablarni buzgan holda faoliyat yuritayotgan korxonalar aniqlanib, tabiatga 31 mlrd so‘m zarar yetkazgan korxona aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar Buloqboshi tumani hududida faoliyat yuritgan korxonada tekshiruv o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya “Ekologik oqibatlar to‘g‘risida bayonot” loyihasini, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ishlab chiqmasdan faoliyat yuritgan.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, korxona litsenziyalangan yer maydonidan tashqaridagi chegaralanmagan hududdan tuproqni noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullanib, o‘z harakatlari bilan tabiatga 31 milliard 921 million 145 ming 350 so‘m miqdorida zarar yetkazgan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari kompaniya “Yashil makon” va “Yashil belbog‘” dasturlari doirasida o‘z hududi va unga tutash hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jumladan, changni kamaytirish uchun zavod atrofida bargli daraxtlar ekish va hududning kamida 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha belgilangan talablarni bajarmaganini aniqladi.

Tekshiruv doirasida, shuningdek, 2024-yil va 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida korxona chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash va to‘plashga yo‘l qo‘ygani, bu esa atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelgani aniqlanib, unga 7,76 milliard so‘m miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovi hisoblangan. Natijada, tartib posbonlari tomonidan qayd etilgan barcha qonunbuzilish holatlari bo‘yicha zarur hujjatlar to‘planib, huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.

Avvalroq Toshkentda aholi bo‘g‘uvchi qurilish changidan shikoyat qilgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi ifloslanish faktini tasdiqladi, qurilish kompaniyasi egasi kichik jarimaga tortiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная