Dunyo

Tramp, Aliyev va Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida urushdan voz kechish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Tomonlar jangovar harakatlarni butunlay to‘xtatish, savdo, sayohatlar va diplomatik aloqalarni tiklash majburiyatini oldi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan AQSH yetakchisi Donald Tramp ishtirokida Oq uydagi muzokaralarda harbiy qarama-qarshilikdan voz kechish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar jangovar harakatlarni abadiy to‘xtatish, savdo, sayohatlar va diplomatik munosabatlarni tiklash, shuningdek, bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olish majburiyatini olgan.

“Biz nihoyat tinchlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldik. Ozarbayjon va Armaniston barcha harbiy harakatlarni abadiy to‘xtatish, savdo, sayohat va diplomatik aloqalarni tiklash, bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish majburiyatini oladi”, — dedi AQSH prezidenti.

Donald Tramp, shuningdek, AQSH Boku va Yerevan bilan energetika, savdo va texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Vashington Ozarbayjon bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikka qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.

Muzokaralardan so‘ng Ilhom Aliyev Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqdi, Nikol Pashinyan bunga qarshilik qilmadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная