Dunyo

Tramp 2026-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olishi mumkin

AQSH prezidenti atrofidagilar Oq uy rahbarining imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishiga ishonmoqda.

2026-yilda AQSH prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin, deb yozadi TASS The New York Post nashriga tayanib.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uyga qaytganidan so‘ng, prezidentning ko‘plab tarafdorlari uning tinchlikparvarlik xizmatlarini e’tirof etishgan, ba’zi dunyo yetakchilari esa AQSH prezidentini mukofotga nomzod sifatida ko‘rsatishni ommaviy ravishda e’lon qilishgan. Biroq, mukofotning 2025-yilda Amerika yetakchisiga berilishi kutilmagan hodisa bo‘lardi.

Ayrim tanqidchilarning ta’kidlashicha, Amerika prezidenti Eron yadroviy dasturi obektlariga zarbalar berishni buyurgan va bir necha bor Grenlandiyaga da’vo qilgan. Shunga qaramay, nashrning fikricha, 2026-yilda AQSH yetakchisining tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela parlamentining sobiq deputati Mariya Korina Machadoga Venesuela xalqining demokratik huquqlarini himoya qilishdagi tinimsiz mehnati hamda diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch yo‘l bilan o‘tish yo‘lidagi kurashi uchun berilgan edi. Mariya Korina Machado, o‘z navbatida, mukofotni Venesuela xalqi va Donald Trampga bag‘ishladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная