Dunyo

Rossiya benzin eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi

Qaror ichki yoqilg‘i bozorida mavsumiy talab yuqori bo‘lgan davrda barqarorlik uchun qabul qilindi.

Rossiya neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun benzin eksportiga vaqtinchalik cheklovlar joriy qildi, deb xabar bermoqda RF hukumati matbuot xizmati.

Hukumat neft mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 2025-yil 31-avgustgacha amal qiladigan benzin eksportiga cheklovlarni joriy etdi. Ushbu qaror ichki yoqilg‘i bozorida mavsumiy talab yuqori bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi dala ishlari olib borilayotgan davrda barqaror vaziyatni saqlab qolish maqsadida qabul qilingan.

Avvalroq, 2025-yil 1-apreldan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz va boshqa neft mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga oshgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, avvalroq rasmiylar benzin bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini, talabni qoplash uchun yoqilg‘ining ulkan zaxirasi yaratilganini ta’kidlagandi.

Bularning barchasi gaz quyish shoxobchalari faoliyatidagi uzilishlar fonida sodir bo‘lmoqda, shikoyatlar uchun 15 sutka qamoq jazosi tahdid solmoqda. Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar maoshining deyarli uchdan bir qismini benzinga sarflashi ma’lum qilingan. AQSH aholisi o‘zbekistonliklarga qaraganda avtomobillarga arzonroq yoqilg‘i quyadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная