Dunyo

O‘zbekiston va Shveysariya JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Bayonnoma imzolanishi Jenevada bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Shveysariya mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi, deb xabar bermoqda prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar tegishli bayonnomani 21-iyul kuni Jenevada imzolagan. Azizbek O‘runovning ta’kidlashicha, “uzun ro‘yxat asta-sekin yo‘qolib bormoqda, teskari sanoq boshlandi”.

“JSTning yana bir a’zosi yakunlangan muzokaralar ro‘yxatiga qo‘shildi — faqat bir nechtasi qoldi! Har ikki jamoaga — O‘zbekiston va Shveysariyaga — amalga oshirilgan katta va konstruktiv ishlar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, — dedi prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili.

Eslatib o‘tamiz, prezident Toshkent xalqaro investitsiya forumida mamlakat 2029-yilda JSTga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Davlat rahbari, shuningdek, mamlakat “Yangi O‘zbekiston — investitsiyalar uchun katta imkoniyatlar mamlakati” tamoyilini amalga oshirish uchun barcha choralarni ko‘rayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazgani, unda tomonlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolagani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная