O‘zbekiston Tailand va Kambodja mojarosiga munosabat bildirdi — video
To‘qnashuvda jabrlangan yurtdoshlar yo‘q, vatandoshlar hushyor bo‘lishga chaqirildi.

O‘zbekiston TIV Tailand va Kambodjada bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qildi O‘zbekiston TIV Tailand va Kambodja bilan chegaradagi harbiy to‘qnashuvlar munosabati bilan Tailand va Kambodjada bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qildi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja chegarasidagi qurolli to‘qnashuv natijasida yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Biz barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiramiz. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslikni va rasmiy xabarlarni kuzatib borishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Tailand va Kambodjada yashovchi o‘zbekistonliklar orasida jabrlanganlar yo‘q. Tailand poytaxti va sayyohlik markazlarida vaziyat barqaror va xorijiy sayyohlar uchun xavf yo‘q.
Favqulodda vaziyatlarda (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali Bangkok shahridagi Bosh konsulxonaga murojaat qilish mumkin. Vazirlik yurtdoshlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Tailandga kirishda yangi qoidalarga duch kelishi haqida xabar berilgandi. Yangi shakl qog‘oz kartochka uchun elektron o‘rinbosar bo‘ladi.
Izohlar