O‘zbekiston Serbiyaga birinchi elchisini tayinladi
Ushbu lavozimni egallagan Oybek Shaxavdinov mamlakat yetakchisi Aleksandr Vuchichga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi etib Oybek Shaxavdinov tayinlandi, deb xabar qildi mamlakat rahbari Aleksandr Vuchich o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, diplomat Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga ishonch yorliqlarini topshirgan. Serbiya tomoni O‘zbekistonning birinchi elchisi tayinlanishini olqishladi va ushbu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun majmuasiga yangi turtki berishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida) Oybek Shaxavdinov ham O‘zbekistonning Vengriya, Sloveniya, Xorvatiya va Chernogoriyadagi elchisi hisoblanadi. Diplomat Birmingem universitetini, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan va 2001 yildan buyon TIV tizimida ishlab kelmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston Islandiyadagi birinchi elchisini tayinlagani haqida xabar berilgandi. Ilgari Londonda elchi bo‘lib ishlagan Ravshan Usmonov shu lavozimga tayinlandi.
Izohlar