O‘zbekiston

O‘zbekiston Maldiv orollariga elchi yubordi

Shuningdek, O‘zbekiston va Maldiv tomonlari viza rejimini o‘zaro soddalashtirish va turpaketlarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Maldiv orollariga elchi yubordi

13-iyun kuni O‘zbekistonning birinchi elchisi Sardor Rustamboyev Maldiv orollari prezidenti Mohamed Muizzga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar beradi “Dunyo”.

Marosimdan so‘ng suhbat bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Maldiv munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Prezident Mohamed Muizzu Maldiv orollari BMT, IHT, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli masalalar, jumladan, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish va mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Turizm va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, maldivlik talabalarning O‘zbekiston oliygohlarida ta’lim olish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni ochish, viza rejimini soddalashtirish va qoʻshma turistik paketlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Tailandga zarur vizalarni onlayn tarzda olishlari mumkin. Uni olish uchun asl pasport va boshqa hujjatlarni taqdim etish shart emas.

Izohlar

Mavzuga oid