Dunyo

O‘zbekiston Qatarning poytaxtiga zarba bergani uchun Isroilni qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

9 sentyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil qurolli kuchlarining Qatar poytaxti Dohaga bergan zarbasi fonida rasmiy bayonot berdi.

Respublika Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga bergan zarbalarini qoralaydi va ularni Qatar suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz sifatida baholaydi.

Bunday xatti-harakatlar nomaqbuldir va BMT Nizomiga, shuningdek, xalqaro huquqning asosiy normalari va tamoyillariga jiddiy e’tiborsizlikdir, — deyiladi xabarda.

Bayonotda qayd etilishicha, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday shakliga va Yaqin Sharqdagi shundoq ham murakkab vaziyatni keskinlashtiruvchi qadamlarga izchil qarshi chiqadi.

Bir kun avval Isroil harbiy-havo kuchlari HAMAS rahbariyati yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Doha turar-joy mavzesiga bir nechta raketa zarbalari berdi. Isroilning zarbasi AQSH bilan kelishilgan, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH HAMAS vakillarini G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha tinchlik muzokaralariga chaqirgan.

Times of Israel nashrining yozishicha, HAMAS muzokarachisi Xalil al-Xayya hujumga uchragan. Shuningdek, G‘arbiy sohildagi tashkilot rahbari Zaher Jabarin va boshqa bir qancha yuqori martabali islomchilar ham bor edi.

Avvalroq Isroil garovga olinganlarni ozod qilish evaziga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha HAMAS bilan AQSH vositachiligidagi muzokaralar fonida G‘azo shahrini egallash uchun maxsus harbiy operatsiyani boshlagandi.

Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari Isroilning hujumini “ochiqdan-ochiq qonunbuzarlik” va “qo‘rqoqlik” deb baholadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная