Donald Tramp tashqi yordam va OAVni qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini qisqartirdi
Federal byudjet milliardlab dollarlarning qaytishini kutmoqda.

Donald Tramp NPR va PBS teleradiokompaniyalariga xorijiy yordam va moliyalashtirish uchun davlat xarajatlarini qisqartirdi, deb yozadi “TASS” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH prezidenti moliyalashtirishni 9 mlrd dollarga qisqartirish to‘g‘risidagi tegishli qonunni imzolagan. Endi federal byudjetga AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi faoliyati uchun Davlat departamentiga ajratilgan 7,9 mlrd dollar, shuningdek, Amerikaning Jamoatchilik eshittirish korporatsiyasiga yo‘naltirilgan 1,1 mlrd dollar qaytariladi.
Qayd etilishicha, yoz boshida Donald Tramp Kongressga xorijiy yordam va NPR hamda PBS’ni moliyalashtirish uchun davlat xarajatlarini bekor qilish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Hozirda NPR AQShning 797 radiostansiyasini, PBS esa 50 shtatdagi 354 notijorat telestansiyasini birlashtiradi. Rasmiylar xalqaro tashkilotlarga ajratiladigan mablag‘lar hajmini deyarli 90 foizga kamaytirmoqchi.
Ilgari Tramp armiya uchun rekord darajadagi byudjet so‘ramoqchi ekani ma’lum qilingandi. Prezident o‘z qarorini global tahdidlarning kuchayishi bilan izohlagan.
Izohlar