Dunyo

Diplomatlar odam savdosi qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berdi

Jabrlanuvchi jinoyatchilar qo‘lidan qutqarib qolingan, shundan so‘ng u Qozog‘istondan vatanga qaytarilgan.

Qozog‘istondan odam savdosi qurboni bo‘lgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Qozog‘iston hududida og‘ir ahvolda qolgan va diplomatlardan yordam so‘ragan. Jabrlanuvchi odam savdosi qurboni bo‘lgani uchun vataniga qaytishga yordam berishni so‘radi.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi va Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari ko‘magida jabrlanuvchi jinoyatchilar qo‘lidan qutqarilib, vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlandi. 11-avgust kuni ayol 30-iyuldan 30-avgustgacha mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan “Vatanga qaytish” xayriya aksiyasi doirasida Olmaota—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyotda O‘zbekistonga jo‘natildi.

Avvalroq Pokistondan pulsiz qolgan o‘zbekistonlik ayol qaytarilgani xabar qilingandi. Diplomatlar ayolning holatini alohida nazoratga olgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная