Afg‘onistonda ayollarga erkak hamrohligisiz ishga borish taqiqlandi
Ba’zi hollarda erkak kishidan kun bo‘yi ofisda shaxsan bo‘lish talab qilinadi.

Afg‘onistonning Qandahor viloyatida ayollarga erkak hamrohligisiz ishga borish taqiqlandi, deb yozadi Amu TV.
Ayollar o‘zlari bilan birga “mahram kartasi” — ayol va uning mahramining (eri, otasi, akasi yoki o‘g‘li) ma’lumotlari ko‘rsatilgan erkak hamrohning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo‘lishlari shart edi. Karta bo‘lmasa, ayollarning ishga chiqishi taqiqlanadi. Ba’zi hollarda erkak kishidan kun bo‘yi ofisda shaxsan bo‘lish talab qilinadi.
“Aksariyat oilalar katta yoshli erkakning ish kunini ayol bilan ofisda o‘tirish bilan o‘tkazishga qurbi yetmaydi”, — deydi ayollar.
Kartani rasmiylashtirish uch kungacha davom etadi va to‘rt xil tuzilma bilan kelishishni o‘z ichiga oladi: diniy bo‘lim, xavfsizlik organlari, mahalliy kengash va ish beruvchi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda bolalar qo‘g‘irchoqlarini sotish taqiqlangandi. Rasmiylarga ko‘ra, bu o‘yinchoqlar “harom” va butlarga o‘xshaydi.
Izohlar