Avto

Toshkentda Shota Rustaveli chorrahasi yopiladi — chizma

Transport harakati cheklanishi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Фото: ситуативное

Toshkentning Yakkasaroy tumanida Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 2025-yil 14-iyul soat 06:00 ga qadar quyidagi harakat cheklovlari amal qiladi:

  • Bratislava yoki Glinka ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari uchun chorrahada to‘g‘riga va chapga harakatlanish taqiqlanadi — faqat o‘ngga burilishga ruxsat beriladi;
  • Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari uchun chorrahada faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga ruxsat beriladi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va ish davrida aylanma yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shavkat Umurzoqov Shota Rustavelining rekonstruksiyasi haqida fikr bildirgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Xitoy kompaniyasi Toshkent hokimligiga yo‘l loyihalari uchun 300 million dollar ajratgan.

Mavzuga doir: Markaz bo‘ylab ajratilgan joylar, “kesilgan doira” va avtoturargohlar: Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasi qanday rekonstruksiya qilinmoqda? Rasmiylar aholi o‘z tuzatishlarini kiritishi mumkinligiga ishontirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Shahrisabz ko‘chasida yo‘lni kapital ta’mirlash ishlari boshlangandi. Yo‘l harakati to‘xtatilmaydi, noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ralgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная