Avto

Samarqandga kirish ikki haftaga yopiladi — xarita

Shaharda ilk bor YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Samarqandda 30-oktyabrdan 14-noyabrgacha kirish yo‘llari yopiladi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Shaharda ilk bor YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladi. Tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘llar tashkil etilib, QR-kodli flayerlar tayyorlangan bo‘lib, uning yordamida haydovchilar mobil ilova orqali o‘z manzillariga yetib olishlari mumkin bo‘ladi.

Samarqandga borishni rejalashtirayotgan fuqarolardan uni boshqa sanalarga qoldirishlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Tadbir doirasida ta’lim, fan, kommunikatsiya va madaniyat masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkaziladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная