O‘zbekiston hukumati avtotransport vositalari uchun ekologik stikerlar berish tartibini tasdiqladi. Avtomobilning ekologik toifasi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ekologik toifasi bo‘yicha aniqlanadi.

Benzin va gazda yuradigan avtomobillar:

  • «Yevro-2» va undan yuqori sinf – «toza» toifa;
  • «Yevro-0» va «Yevro-1» sinflari – «o‘rta» toifa.

Dizel yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobil:

  • «Yevro-4» va undan yuqori – «toza» toifa;
  • «Yevro-3» – «o‘rta» toifa;
  • «Yevro-0,» «Yevro-1,» «Yevro-2» – «zararli» toifa.

«Toza» toifaga gibridlar, muqobil yoqilg‘ida ishlaydigan mashinalar va uch yildan kam bo‘lgan avtomobillar ham kiradi.

Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uch xil rangdagi – yashil (toza), sariq (o‘rtacha), qizil (zararli) ekologik stikerlar beriladi.

Eko-stikerni YHXX sayti yoki YIDXP portali orqali mustaqil ravishda ham olish mumkin.

Stikerlar muddatsiz amal qiladi.