Avto

O‘zbekistonda AI-80 benzini savdosi butunlay to‘xtatildi

Endi birja savdolariga faqat yuqori oktanli yoqilg‘ilar qo‘yiladi.

Фото: Автострада

O‘zbekistonda 2-sentyabrdan boshlab AI-80 benzinini birja savdolari orqali sotish to‘liq to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Prezidentning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ bosqichma-bosqich AI-92 ishlab chiqarishga o‘tishni, sentyabr oyidan esa birja savdolariga faqat yuqori oktanli benzinni chiqarishni rejalashtirgandi.

Ilgari 1000 tonna AI-92 benzini sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 1720 tonnani tashkil etmoqda. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmlarni oshirish imkoniyati bor. Joriy yilning avgust oyida tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan Ai-80 rusumli avtobenzin hajmi sentyabr oyida majburiyatlar va mavjud qoldiqlar doirasida o‘z egalariga yetkazib beriladi,» deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mazutdan yoqilg‘i sifatida foydalanish ham to‘liq taqiqlanadi. Ekologiya vazirligi va Vazirlar Mahkamasini xabardor qilgan holda mazutdan avariya yoqilg‘isi sifatida foydalanish holatlari bundan mustasno.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная