
14 Mart 2025, 17:12 •Oʻzbekiston
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi Gulbahor Ismoilovadan tashqari Vengriya himoyasidagi yana ikki rossiyalikni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishi kutilmoqda.

Vengriya o‘z himoyasidagi uch kishini Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarishga erishishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, quyidagi shaxslar sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishi kutilmoqda:
- Gulbahor Ismoilova — Alisher Usmonovning singlisi bo‘lib, uning xorijdagi ba’zi aktivlariga egalik qilishi taxmin qilinadi. 2022-yil 8-aprelda sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
- Vyacheslav Moshe Kantor — tadbirkor, Yevropa Yahudiy Kongressining sobiq rahbari. 2022 yil 8 apreldan buyon sanksiyalari ostida bo‘lib, “Vladimir Putin bilan yaqin aloqalarga ega rossiyalik oligarx” sifatida tilga olingan.
- Mixail Degtyaryov — Rossiya Sport vaziri. Unga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2014-yil 25-iyulda joriy qilingan. O‘sha paytda u Davlat Dumasi deputati bo‘lib, DNRni ochiq qo‘llab-quvvatlagan va Moskvada uning elchixonasi ochilganini e’lon qilgan.
Yevropa Ittifoqi diplomatlarining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy qaror yaqin orada qabul qilinishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlari ikki mingdan ortiq rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalarni yarim yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga yaqin ekani aytilmoqda.
“Bloomberg” nashrining xabar berishicha, tadbirkorlar Mixail Fridman va Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qilgan Vengriya, oxir-oqibat sanksiyalarni uzaytirishga rozilik bildirgan.
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston va Rossiya JST bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
15 Mart 2025, 18:18
Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi
15 Mart 2025, 12:23
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15 Mart 2025, 08:45
Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
14 Mart 2025, 19:48
Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi
14 Mart 2025, 17:53
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
14 Mart 2025, 17:12
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi
14 Mart 2025, 16:17
Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi
14 Mart 2025, 15:38