
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi
2024-yil 31-oktabrda Jizzaxning G‘allaorol tumanida mast holda yuk mashinasini boshqargan haydovchi Damas bilan to‘qnashgan. Oqibatda Damas`da ketayotgan er-xotin vafot etgan. Sud hukmi bilan haydovchi 9 yilga qamaldi.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida avariya sodir etib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2024-yilning 31-oktabr kuni tumanning “Oqdon” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida mashina boshqaruvini yo‘qotib, Damas bilan to‘qnashgan.
Minivenda harakatlanayotgan er-xotin vafot etgan. Gumonlanuvchi haydovchi huquq-tartibot idoralari xodimlari sa’y-harakatlari bilan tez orada ushlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Sudda erkak o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymon ekanini ta’kidlagan. Sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qilib, jabrlanuvchilarning qonuniy vakili foydasiga 30 mln so‘m undirish bo‘yicha qaror chiqardi.
Soʻnggi yangiliklar







