14 Mart 2025, 15:38 Oʻzbekiston

Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 11,375 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Toshkentda bir kunda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

12-mart kuni Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan poytaxt hududida duch kelgan nuqtalarga chiqindi tashlash holatlari yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Aniqlangan 16 ta holat yuzasidan huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91−1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shu bilan birga, ularga nisbatan jami 11,375 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91−1-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (375 ming — 1,125 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3,75 mln — 7,5 mln so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar