
O‘zbekistonlik sportchilar slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltita medal qo‘lga kiritdi
Ular orasida jamoaviy va yakkalik bahslarida bitta kumush va beshta bronza medali bor.

O‘zbekistonlik sportchilar eshkak eshish slalomi bo‘yicha U-18 va U-23 Osiyo chempionatida oltita medal qo‘lga kiritgani haqida MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tailandda bo‘lib o‘tgan eshkak eshish slalomi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bitta kumush va beshta bronza medalini qo‘lga kiritishga erishdi.
Xususan, kanoeda (S1) yakkalik bahslarida qatnashgan sportchi Sherzod Qurbonaliyev kumush medalga sazovor bo‘ldi. U U-23 toifasidagi musobaqada g‘olib chiqdi. Bronza medallari quyidagicha taqsimlandi:
- K1 (baydarka), jamoaviy: Samandar Saydullayev, Doniyor Islomov, Muhammadrizo Mo‘ydinov (U-23);
- Ekstrim slalom: Samandar Saydullayev (U-23);
- Ekstrim slalom: Muhammadrizo Mo‘ydinov (U-18);
- S1, yakkalik: Ibrohim Nosirjonov (U-18);
- S1 (kanoe), jamoaviy: Sherzod Qurbonaliyev, Ibrohim Nosirjonov, Asilbek Ernazarov (U-23).
Ilgari xabar qilinganidek, o‘zbekistonlik sportchilar tog‘ chang‘isi sporti bo‘yicha Osiyo chempionatida ham oltita medal qo‘lga kiritgan edilar. Ular orasida ikkita oltin, uchta kumush va bitta bronza medali bor edi.
Soʻnggi yangiliklar







